AsosiyJamiyat

Rossiya MDH davlatlarini migrantlar masalasida ogohlantirdi

'Rossiya MDH davlatlarini migrantlar masalasida ogohlantirdi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ekstremizm va huquq-tartibotni buzganlik uchun migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish chaqirig`idan so`ng, ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Aleksandr Gorovoy MDHdagi hamkasblarini mehnat muhojirlarini tayyorlash darajasini oshirishga va ularning Rossiya hududidagi buzg`unchi jarayonlarga jalb etilishining oldini olishga chaqirdi.

Rossiya IIV matbuot markazining xabar berishicha, Gorovoy MDHga a`zo davlatlar migrasiya organlari rahbarlari kengashining yig`ilishini o`tkazgan.

“Kengash raisi hamkorlar e`tiborini muhojirlarni qabul qiluvchi davlat hududida buzg`unchi jarayonlarga jalb etilishining oldini olish, migrantlarni mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o`z mamlakatini tark etgunga qadar tayyorlash darajasini oshirish zarurligiga qaratdi.

Gorovoy migrasiya qonunchiligini buzganlik, jumladan noqonuniy mehnat faoliyati uchun chet el fuqarolariga nisbatan qattiq choralar ko`rilishi, ular Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi va qaytib kirishiga taqiq qo`yilishi to`g`risida ogohlantirdi”, deyiladi matbuot markazi xabarida.

Yig`ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston, O`zbekiston va MDH Ijroiya qo`mitasining Kengash a`zolari va vakolatli vakillari ishtirok etgan. Mehmon va kuzatuvchi sifatida Turkmaniston, Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Kasaba uyushmalari umumiy konfederasiyasi vakillari qatnashgan.

Bundan tashqari, bir kun avval MDHga a`zo davlatlar o`rtasida noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi Bitim ishtirokchi-davlatlari qo`shma komissiyasining yig`ilishi bo`lib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar