Aviaqatnovlarning ochilishi diniy turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga egaligi aytildi.
O`zbekiston diniy turizmni rivojlantirish maqsadida 2022 yil bahorida Dog`iston poytaxti Maxachqal`aga aviareysni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O`zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Rustam Qo`rg`onboev TASS agentligiga ma`lum qildi.
«O`zbekiston va Rossiya o`rtasida o`zaro manfaatdorlik va almashinuv bo`lishi kerak, toki o`zbekistonliklar siznikiga, siz esa biznikiga keling. Buning uchun davlat aviakompaniyasi bahorda Maxachqal`aga reys ochishni rejalashtirmoqda. Barchani tashrif buyurishga taklif qilamiz. Samarqandni, Buxoroni, Xivani ko`ring — bular 3 ming yillik tarixga ega buyuk shaharlar, haqiqiy sharqona ertak», — deydi Qo`rg`onboev.
Uning so`zlariga ko`ra, aviaqatnovlarning ochilishi birinchi navbatda diniy turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
«Bizda ziyoat turizmini rivojlantirish bo`yicha Prezidentning ko`rsatmasi bor. Rossiyada esa musulmon respublikalar — Boshqirdiston, Tatariston va Shimoliy Kavkaz regionlari bor. O`tgan yili biz Checheniston va Dog`istonda ziyorat turizmi taqdimotlarini o`tkazdik. Grozniy ham reysni yo`lga qo`ymoqchi, hozirda ular yangi aeroport qurmoqda», — deydi u.






