AsosiyJamiyat

"IIO xodimlarini tasvirga olib, ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslar javobgarlikka tortiladi" – Abdullaev Bekmurod

'"IIO xodimlarini tasvirga olib, ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslar javobgarlikka tortiladi" – Abdullaev Bekmurod'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlarini tasvirga olib, ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash, "Ko`cha bezorilari" va avtomaktablardagi o`qitish tizimi haqida IIV vaziri o`rinbosari, jamoat xavfsizligi departamenti boshlig`i polkovnik Abdullaev Bekmurod Tojimirzaevich intervyusi tarqalgan edi. 

Oliy Majlisning quyi palatasi deputati Rasul Kusherbaev bunga o`z munosabati bildirdi. 

" – Buni Prezident topshirig`i, deya talqin qilmoqda.  

Lekin bizningcha bu ko`proq vazirlikning xohishi, balki Bekmurodov janoblarining o`zi istayapti.  

Ularning istagi ayni vaqtda mantiqsiz, tenglik va demokratiya tamoyillariga zid hisoblanadi.

Chunki, ichki ishlar tizimi xodimlari birovning to`shagiga qadar kirib videoga olib, internetga tarqatganda yoki o`zlariga yoqmagan blogerni ushlab butun internetda "gey" qilib ko`satishga intilganda ham ular qonun oldida javob berganini ko`rmadik.

Tizim o`z xodimlarining "buzuq" va noqonuniy harakatlariga ko`z yumib kelayotgan bir vaqtda biz fuqarolarning biror bir ichki ishlar vakilining to`shagigacha kamera bilan kirgani yoki xodimni "gey"ga chiqarganini ham  ko`rmadik.

Balki tasvirga olib tarqatish masalasida cheklovni ichki ishlar o`z tizimida kuchaytirishni o`ylab ko`rar. Chunki ularniki chegaradan o`tib ketmoqda.

Keyin xalqdan nimadir talab qilishdan avval inson o`zi xalqqa namuna bo`lishi kerak.

️Albatta biz bu kabi demokratiyaga zid, jamoatchilik nazoratini cheklaydigan qonunlar qabul qilinishiga qarshimiz", – deydi deputat.

 

    Boshqa yangiliklar