SSV MAtbuot xizmatining xabariga ko`ra, 19 fevral holatiga ko`ra, yurtimizda 849 112 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 521 812 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 327 300 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (186 138 doza), Samarqand (111 826 doza), Qashqadaryo (94 778 doza), Andijon (93 456 doza), Namangan (74 943 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.






