Ukraina urushni istamagani uchun hech qanday hujumkor operasiyalarni rejalashtirmagan yoki o`tkazmaydi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma`lum qildi.
"Ukraina hech qanday hujumkor harbiy amaliyotlar, provokasiyalar va Rossiya Federasiyasi hududini o`qqa tutishni rejalashtirmaydi va amalga oshirmaydi. Bu biz istagan va rejalashtirayotgan narsa emas", - dedi u "Ukraina-24" telekanaliga bergan intervyusida.
"Biz urushni emas, tinchlikni xohlaymiz",- deya qo`shimcha qiladi Dmitriy .
Kulebaning fikricha, Donbassdagi vaziyat keskinlashganiga qaramay, mojaroni diplomatiya yo`li bilan hal qilish imkoniyati hamon mavjud.
"Biz frontda nima bo`layotganini ko`ryapmiz, Rossiya nima qilayotganini ko`ryapmiz, ammo diplomatiya baribir ishlay oladi", - deydi u.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o`rtasidagi uchrashuv va davlat rahbarlarining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari kabi qator diplomatik qadamlar rejalashtilgan .
"Bu borada hamkorlarimiz bizni qo`llab-quvvatlaydi. Lekin bu biz hech qanday ssenariyga tayyorlanmasligimiz kerak degani emas", - dedi Kuleba.






