AsosiyDunyo

Qozog`iston sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi

'Qozog`iston sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi'ning rasmi

Sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov qo`lga olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda "Kazinform" Qozog`iston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib. 

Ma`lum qilinishicha, 2022-yil 19 fevral kuni Bosh prokuratura tomonidan sobiq mudofaa vaziri Bektanov Murat Karibaevichga nisbatan Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 452-moddasiga asosan xizmatdagi harakatsizlik fakti bo`yicha sudgacha tergov harakatlari boshlandi.

Bosh prokuratura ma`lumotlariga ko`ra, M.Bektanov 2022 yil 20 fevral kuni ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlanib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. 

“Tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma`lumotlar oshkor etilishi shart emas”, — deya qo`shimcha qilgan matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar