AsosiyJamiyat

Jizzaxda davlat soliq katta inspektori pora bilan ushlandi

'Jizzaxda davlat soliq katta inspektori pora bilan ushlandi'ning rasmi

Jizzax shahrida tadbirkorga imtiyozli kredit olib berishni va`da qilgan davlat soliq katta inspektori ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahar Davlat soliq inspeksiyasining davlat soliq katta inspektori A.X. “M.N.” MChJ rahbari M.ning ishonchiga kirib, bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali 200 mln so`m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berish evaziga 600 AQSh dollari va o`zi uchun qaytarib berish sharti bilan 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar