Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Professional ta`lim muassasalarida sirtqi va kechki ta`limni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Unga ko`ra:
- o`quv semestri yakunigacha bo`lgan muddatda sirtqi ta`limda o`qish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib ta`lim olish shaklida amalga oshiriladi;
- o`quvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta ta`lim muassasasiga o`quv sessiyasiga chaqiriladi;
- sirtqi va kechki ta`limda masofadan turib o`qitish o`quvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;
- kechki ta`limda o`qish bir haftada 4-5 kundan iborat bo`ladi.
Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldirin.






