AsosiyJamiyat

Sirdaryoda “Save Aral” xalqaro xayriya marafoni boshlandi

'Sirdaryoda “Save Aral” xalqaro xayriya marafoni boshlandi'ning rasmi

Kecha, 20 fevral kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida O`zbekiston engil atletika federasiyasi tomonidan Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo`mitasi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi ko`magida «Save Aral» xalqaro xayriya poygasining navbatdagi mavsumiga start berildi.

Joriy yilgi marafonning ilk startida 2 mingga yaqin qatnashchi ishtirok etdi.

Qizlar o`rtasida marraga birinchi bo`lib toshkentlik Anastasiya Silchenkova etib kelgan bo`lsa, finish chizig`ini ikkinchi bo`lib gulistonlik Dariya Antropova bosib o`tdi. Faxrli 3-o`rin esa Despina Bandaletova (Guliston)ga nasib etdi.

O`g`il bolalar o`rtasida sirdaryolik Viktor Tsurenko g`olib bo`ldi. 2-o`rinni Toshkent shahri vakili Fayzulla Po`latxo`jaev band qildi. Kuchli uchlikni esa gulistonlik Faxriddin Amutov yakunlab berdi.

Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan turli nominasiyalar bo`yicha g`oliblar aniqlandi.

«Eng yosh ishtirokchi» (qiz bolalar o`rtasida) – Mashhura Ibragimova (7 yosh),

«Eng yosh ishtirokchi» (o`g`il bolalar o`rtasida) –Ayubxon va Amirxon Sarinovlar (3 yosh),

«Eng yoshi katta ayol ishtirokchi» – Shahlo Mirzaqulova (46 yosh),

«Eng yoshi katta erkak ishtirokchi» – Shahzod Ahmedov (62 yosh),

«Eng faxriy ishtirokchi» – Qo`ziboy Abdullaev (74 yosh),

«Eng faol tashkilotchi» – Habibullo Shodiev,

«Engil atletika fidoyisi» – Roza Zyangurova,

«Doimiy hamkorlik uchun» – O`zbekiston engil atletika federasiyasi.

    Boshqa yangiliklar