Evropa mamlakatlari “Yunis” to`fonidan jiddiy zarar ko`rdi. Bu haqda VVS xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, kuchli dovul oqibatida Niderlandiya va Polshada 4 kishidan, Buyuk Britaniyada 3 kishi, Germaniya hamda Belgiyada ikki kishi, Irlandiyada esa 1 kishi halok bo`lgan.
Kuchli to`fon sababli ko`plab avtohalokatlar yuzaga kelgan. Minglar uylar elektr energiyasiz qolgan. Jamoat transportlari va poezdlar qatnovi to`xtab qolgan. Bir necha avia reyslar ham kechiktirilgan.
“Yunis” to`foni so`nggi 30 yil ichida Evropadagi eng kuchli tabiiy ofatlardan biri bo`ldi.






