AsosiyDunyo

2 nafar o`zbekistonlik 2019 yil qilgan jinoyati uchun Saudiya Arabistonidan deport qilindi

'2 nafar o`zbekistonlik 2019 yil qilgan jinoyati uchun Saudiya Arabistonidan deport qilindi'ning rasmi

Joriy yigi Umra mavsumida Madina aeroportida ikki nafar o`zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoni Chegara xavfsizlik xizmati tomonidan to`xtatib qolingan va ularda mamlakatga kirishga ta`qiq borligi aniqlangan. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi. 

️Ma`lum bo`lishicha, ikki nafar fuqaro Qirg`iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan 2019 yil Umra safariga borib kelgan. Saudiya Arabistonidan chiqish vaqtida Saudiya qonunlarini buzgani uchun mamlakat chegara xavfsizlik xizmati tomonidan ularga nisbatan mamlakatga kirish uchun 10 yil muddatga ta`qiq belgilangan. Shu bois, ushbu fuqarolar podshohlikka kiritilmadi. Hozirda ularni O`zbekistonga qaytarish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar