AsosiyJamiyat

Namangandagi oshxona erto`lasi katta qimorxonaga aylantirilgani ma`lum bo`ldi

'Namangandagi oshxona erto`lasi katta qimorxonaga aylantirilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2022 yilning 27 yanvar kuni Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida 47 yoshli Yu.I. Uchqo`rg`on tumani Ko`prikboshi ko`chasida joylashgan “Tungi yog`du” oshxonasining erto`lasini tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar tashkil qilgani aniqlandi.  Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda. 

Ushbu shaxs qimor o`yinlari o`ynash uchun stol-stullar, karton qog`oz yordamida o`yin kartalari, temir va yog`ochdan “o`yin baraban” idishi, latta materialdan o`yin qopchasi bilan jihozlab, oq va qora rangli sharchalarni 1 dan 90 gacha tartib bilan raqamlagan holda o`yin kartalarini fuqarolarga 5.000 so`mdan sotib, “Baxtli voqea” qimor o`yinlarini qonunga xilof ravishda tashkil etganligi aniqlangan.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida Yu.I. tomonidan noqonuniy tashkil etilgan tavakkalchilikka asoslangan “Baxtli voqea” qimor o`yinida 15 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etayotganliklari, shuningdek o`yinga tikilgan 673.000 so`m pul mablag`lari, yuqorida sanab o`tilgan jihozlar aniqlanib, tegishli tartibda prosessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Yu.I.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar