AsosiyJamiyat

Buxoroda o`zini etti qavatli “dom”dan tashlashga uringan qiz qutqarildi

'Buxoroda o`zini etti qavatli “dom”dan tashlashga uringan qiz qutqarildi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Buxoro shahrida o`zini etti qavatli uy tomidan pastga tashlashga uringan 16 yoshli qiz qutqarildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ko`p qavatli uyning ettinchi qavatidan o`zini tashlab, joniga qasd qilishga uringan qiz IIB profilaktika inspektori tomonidan ushlab qolingan.

«Bugun, 22 fevral kuni soat 11:29 da menga qo`ng`iroq qilishib, bir qiz o`zini domning ettinchi qavatidan pastga tashlashga urinayotganini aytishdi. Aytilgan manzil xizmat xonamdan, chamasi, 700 metrcha uzoqlikda joylashgandi. Tezda xizmat mashinamga o`tirib, uch daqiqada manzilga etib bordik. Tomga chiqqanimizda qiz devor ustiga chiqib, yomg`ir suvlari oqib tushishiga mo`ljallangan metall qoplamalar ustiga chiqa boshladi. Uni gap bilan chalg`itdik va ushlab qoldik», — deydi hudud profilaktika inspektori Jahongir Haydarov.

Profilaktika inspektori bilan tom ustida suhbat qilgan o`quvchi qiz o`z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik sabab bo`lganini bildirgan. Keyinchalik qizning Buxoro shahridagi 8-sonli umumta`lim maktabida tahsil olishi, shahardagi ziyoli oila farzandi ekani, joniga qasd qilish uchun arzirli sabab yo`qligi ma`lum bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar