AsosiyJamiyat

"Ikki qizim betob bo`lib qoldi, bedana tuxumi iste`mol qilishni tavsiya qilishdi..." Farg`onalik injener-texnolog respublikaga bedana etkazib beruvchi tadbirkorga aylandi

'"Ikki qizim betob bo`lib qoldi, bedana tuxumi iste`mol qilishni tavsiya qilishdi..." Farg`onalik injener-texnolog respublikaga bedana etkazib beruvchi tadbirkorga aylandi'ning rasmi

Farg`ona shahar “Soybo`yi” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Abdumuxtor Maraimov o`z xonadonida 5 ming boshdan ortiq bedana parvarishlamoqda. Bir kunda 3 ming donadan ortiq tuxum olinib, bir dona bedana tuxumi o`rtacha 450 so`mdan ulgurji narxda xaridorlarga etkazib bermoqda. Bu haqda Farg`ona viloyat Matbuot xizmati xabar bermoqda.

E`tiborlisi, bedana boqish va ko`paytirish daromadli soha bo`lib, bedana tez rivojlanadi va kasalliklarga bardoshli. Go`shti va tuxumining shifobaxsh xususiyatlari sabab ularga talab hamisha yuqori.

– Ikki qizim betob bo`lib qoldi, shifokorlarga murojaat qildik, samarasi kutilganidek bo`lmadi. Bedana tuxumi iste`mol qilishni tavsiya qilishdi. U paytda bu soha u qadar rivojlanmagani bois mahsulotni topish qiyinchilik tug`dirdi. Shu sabab bo`lib, uy sharoitida bedana boqish g`oyasi tug`ildi. Qushlarni parvarishlash, mahsulot etishtirish bilan bog`liq ma`lumotlarga tayanib ishni tashkil qildim. Samarasi yaxshi bo`ldi. Farzandlarimning salomatligi yaxshilandi. Ehtiyojdan ortiq mahsulotlarni sotishni yo`lga qo`yib, bedanachilikni oilaviy biznesga aylantirdik. Shinam uy-joy, to`kin dasturxon ana shu izlanishlarimiz samarasi, – deydi asl kasbi injener-texnolog bo`lgan tadbirkor.

Bu qushlarni parvarishlash uchun alohida bilim va qunt talab etiladi. Masalan, xonalar harorati 20-25 darajada bo`lishi lozim. Bitta bedana modasi bir yilda 320-340 tagacha tuxum beradi.

Abdumuxtor Maraimov hozirda o`z g`oyasi asosida inkubasiya, qush uyalarini yaratdi. Bu erda 17 kunda 10 ming 600 dona qush polaponlari olish imkoniyati bor. Bedanalarni buyurtmachi talablari asosida respublika bo`ylab etkazib berish yo`lga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar