AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi

'O`zbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi'ning rasmi

O`zbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi yanvar oyidagi tartibsizliklardan keyin O`zbekiston fuqarolarining hibsga olinishi munosabati bilan Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.

O`zbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi yanvar oyida Qozog`istonda ro`y bergan tartibsizliklardan keyin O`zbekiston fuqarolari hibsga olingani munosabati bilan Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi. Bu haqda O`zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Qobuljonov ma`lum qildi:

Shu kunlarda qator ommaviy axborot vositalarida Qozog`iston Respublikasining inson huquqlari bo`yicha ombudsmani Elvira Azimovaga tayanib, Qozog`istonda joriy yilning yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so`ng 18 nafar xorijlik, jumladan, 14 nafar O`zbekiston fuqarosi hibsda qolayotgani haqida ma`lumot tarqaldi.

Ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun O`zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan O`zbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari to`g`risida to`liq ma`lumot berish hamda O`zbekiston Respublikasining Qozog`iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni so`rab tegishli nota yubordi.

O`zbekiston Respublikasining Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi, shuningdek, Olma-ota va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari Qozog`iston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.

Ushbu notada Qozog`iston TIVdan hibsga olingan O`zbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari to`g`risida to`liq ma`lumot berish so`ralgan. Shuningdek, O`zbekistonning Qozog`istondagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun hibsdagilar bilan konsullik uchrashuvini tashkil etish so`rovi yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar