O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining ogohlantiruv ma`lumotiga ko`ra, 2022 yilning 23-25 fevral kunlari tog` va tog`oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud.
Bu haqda Favquloddda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Tog`li va tog`oldi hududlarda istiqomat qilayotgan aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rish so`ralmoqda.






