AsosiyJamiyat

Metrolarda ona va bola xonasi hamda hojatxona foydalanishga topshiriladi

'Metrolarda ona va bola xonasi hamda hojatxona foydalanishga topshiriladi'ning rasmi

Toshkent metropolitenida bugun, 23 fevraldan boshlab ilk marotaba ona va bola xonasi hamda hojatxonadan foydalanish boshlanadi. Bu haqda Zamon.uz' nashri xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha, mazkur tashabbus prezidentning “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”ga qarori ijrosini ta`minlash maqsadida joriy etilgan.

“Bunday xonalar zamon talablariga mos ravishda barpo etilgan bo`lib, qator qulay uskunalar bilan jihozlangan”, — deyiladi xabarda.

Ma`lumot o`rnida,  “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilayotgani, agarda bu o`zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham amalda tatbiq etilishi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar