Avval xabar berganimidek, bugun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasiga jo`nab ketdi.
Hozirgina bortida prezident Shavkat Mirziyoev bo`lgan samolyot Mo`ynoq aeroportiga kelib qo`ndi, deya xabar bermoqda Sardorbek Rahmonqulov.
Ahamiyatlisi shundaki, parvoz Toshkentdan Mo`ynoqqa to`g`ridan-to`g`ri amalga oshirildi.
Ayni paytda yangi qurilgan aeroportda davlat rahbari mo`ynoqliklar bilan uchrashmoqda. "Jonlaringga tegmasam, 3 kun shu erda bo`laman", - dedi prezident.
Mazkur tashriy bilan bog`liq yangiliklar tafsilotlarini to`g`ridan-to`g`ri "darakchi.uz"da kuzatib boring!






