Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati, Chust tumani "Sarimsoqtepa" MFYda kanalizasiya tarmog`ida qon oqmoqda" sarlavhasi bilan tarqatilayotgan video muxokamalarga sabab bo`lmoqda.
Tarqalgan xabarlar yuzasidan "Namangan suv ta`minoti" MChJ izoh berdi. Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan tezkor surishtiruv o`tkazilgan.
Qayd etilishicha, mazkur xolat tarmoqlardagi tiqilish natijasida kelib chiqqan bo`lib, joriy yilning 18 fevral kuni aniqlangan hamda Xududiy oqava tozalash bo`limining Chust filiali tomonidan bartaraf etilgan, nazoratchi tomonidan bugun vizual tekshiruv o`tkazilganda avariya xolati aniqlanmagan.
Shuningdek oqava tarmoqlarida oqayotgan qizil rang qon emas, tarmoqqa ulangan tozalash vositalari ishlab chiqaruvchi fabrikadan chiqqan kimyoviy moddalar ta`sirida oqava suvlarining rangi ekanligi aniqlandi.
Bu masala yuzasidan qo`shimcha o`rganish o`tkazilib, ma`lum qilinadi.






