Malayziyaning avtobus va avtobus qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Gemilang International Ltd (GML) O`zbekistonga 190 ta avtobusning kuzov komplektlarini etkazib berish bo`yicha yirik buyurtmani qo`lga kiritdi. Bu haqda GML saytida xabar qilinmoqda.
«O`zbekiston 2022 yilda AQSh, Avstraliya, Singapur, Malayziya va Gonkongdan tashqari bizning oltita asosiy bozorlarimizdan biri hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Oxirgi shartnoma O`zbekistonning takroriy buyurtmasi ekani va GML’ning mintaqada yanada yuksalishi uchun tramplin vazifasini bajarishi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, 190 ta to`liq yig`iladigan avtobus to`plamlarini etkazib berish bo`yicha shartnoma 2022 yil fevral oyida tuzilgan va 2022 yil oktyabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.
GML uchun ushbu shartnoma 2022 yilda asosiy daromad manbasi bo`lishi aytilmoqda.






