AsosiyJamiyat

Buxoroda haydovchi o`zi bilan janjallashgan ayolni mashinasida bosib ketdi

'Buxoroda haydovchi o`zi bilan janjallashgan ayolni mashinasida bosib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo`lida o`zaro janjallashgan ayollardan biri Spark avtomashinasida boshqa bir ayolni bosib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat bo`yicha quyidagi ma`lumotlarni berdi.

Ushbu holat 21 fevral kuni soat 13:50 da Buxoro viloyatining Qorako`l tumani “Xo`jalar” mahallasida joylashgan Poykent savdo majmuasi oldida sodir bo`lgani aniqlangan.

IIBga ko`ra, Sh. ismli ayol boshqaruvida bo`lgan Spark rusumli avtomashinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, tan jarohati etkazgan.

Ta`kidlanishicha, holat tegishli tartibda tuman Ichki ishlar bo`limi Navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tuman Ichki ishlar bo`limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar