AsosiyDunyo

Qozog`iston ichki ishlar vaziri Turg`umbaevning iste`fosi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar rad etildi

'Qozog`iston ichki ishlar vaziri Turg`umbaevning iste`fosi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar rad etildi'ning rasmi

Qozog`iston ichki ishlar vaziri Erlan Turg`umbaevning iste`foga chiqqani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar haqiqatdan yiroq. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Kuni kecha Qozog`istonning ijtimoiy tarmoqlarida Turg`umbaevning tez orada iste`foga chiqarilishi haqida xabar tarqalgan edi.

"Ichki ishlar vaziri Erlan Turg`umbaevning iste`foga chiqishi haqidagi xabar haqiqatdan yiroq. Vazir shtat rejimida ishlayapti",  deyiladi xabarda.

Turg`umbaev Qozog`iston ichki ishlar vazirligiga 2019 yil fevral oyidan buyon rahbarlik qilib keladi.

    Boshqa yangiliklar