AsosiyJamiyat

Ish beruvchilar o`z qo`l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirusga qarshi emlanishiga mas`ul bo`ladi — SSV

'Ish beruvchilar o`z qo`l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirusga qarshi emlanishiga mas`ul bo`ladi — SSV'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan muayyan cheklovlarni olib tashlash masalasi muhokama qilindi. 

Yig`ilishda ish beruvchilarga qo`l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik, shu jumladan, buster doza bilan emlanish darajasi 90 foizdan kam bo`lmasligiga erishish majburiyati yuklatildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

 Davlat organlari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va boshqa tashkilotlar xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster doza bilan emlanmaganligi aniqlanganda, ular vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.

 Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan uning vaqtincha ishdan chetlashtirilishini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qat`iy nazoratga oladi.

    Boshqa yangiliklar