AsosiyJamiyat

Rossiyaga uchgan samolyot Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda

'Rossiyaga uchgan samolyot Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda'ning rasmi

Rostov viloyatidagi havo maydoni yo`lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan,  2022 yil 24 fevral kuni Namangan – Krasnodar yo`nalishi bo`yicha HY- 9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda. Bu haqda O`zbekiston havo yo`llari xabar qilmoqda.   

Ma`lum qilinishicha, bekor qilingan parvoz yo`lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to`liq qiymatini qaytarib olish huquqiga egadirlar.    

“Uzbekistan Airways” AJ yo`lovchilarni jadvaldagi har qanday o`zgarishlar haqida qo`shimcha ravishda xabardor qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar