Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ukrainaliklarga murojaat qildi. U ukrainaliklarni hamkorlikka chaqirgan. Bu haqda ria novosti xabar berdi.
“Ukraina fuqarolariga murojaat qilaman. 2014 yilda Rossiya Qrim va Sevastopol aholisini siz o`zingiz “nasistlar” deb ataydiganlardan himoya qilishga majbur bo`lgan. Qrimliklar, sevastopolliklar o`z tanlovini qildi — o`zlarining tarixiy vatanlari bilan, Rossiya bilan birga bo`ldi. Va biz buni qo`llab-quvvatladik. Qayta aytaman, ular boshqacha yo`l tutishi mumkin emas edi. Bugungi voqealar Ukraina va ukrain xalqi manfaatlariga tajovuz qilish istagi bilan bog`liq emas. Ular Ukrainani garovga olgan va undan mamlakatimiz hamda uning xalqiga qarshi foydalanishga urinayotganlardan Rossiyaning o`zini himoya qilishi bilan bog`liq. Takror aytaman, bizning harakatlarimiz o`zimizni o`zimiz himoya qilish, bizga kelayotgan tahdidlardan va bugungi kunda sodir bo`layotganidan ham kattaroq ofatdan himoya qilishdir”, degan Putin.
RF rahbari so`zida davom etib, mustaqil munosabatlarni o`rnatish uchun o`zaro hamkorlikka chaqirgan.
“Qanchalik og`ir bo`lmasin, buni tushunishingizni so`rayman va hamkorlikka chaqiraman. Bu fojiali sahifani imkon qadar tezroq o`tkazib, birgalikda olg`a borish uchun. Ishlarimizga, munosabatlarimizga hech kim aralashmasligi uchun. Davlat chegaralari mavjudligiga qaramay, bu bizni butun ichimizdan mustahkamlaydi. Men bunga ishonaman”, degan Rossiya Federasiyasi Prezidenti.
Ma`lumot o`rnida, Rossiya harbiy qo`shinlari Ukraina bo`ylab raketa zarbalari bermoqda.






