AsosiyJamiyat

O`zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv e`lon qilindi

'O`zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o`tab bo`lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida"gi qarorni imzoladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

1. Chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2022 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo`lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinsin.

2. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2022 yilning mart-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatilsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev

Toshkent shahri, 2022 yil 22 fevral

    Boshqa yangiliklar