Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasi har qanday ssenariyga tayyorligini, ammo tafsilotlar oshkor etilmasligini aytdi. Bu haqda prezident Kievda Pol`sha va Litva prezidentlari bilan bo`lib o`tgan uchrashuv yakunlari bo`yicha OAVga ma`lum qildi.
"Davlatimiz himoyasi bo`yicha aniq qadamlarni faqat men va armiyamiz biladi. Va menga ishoning, biz hamma narsaga tayyormiz", deb ta`kidlagan Vladimir Zelenskiy.
Davlat rahbari Rossiya prezidentining shaxsiy qarorlarini yoki Donbasning bosib olingan hududlarida Rossiya nazoratidagi tuzilmalarning harakatlarini oldindan aytib bera olmasligini aytgan.
Uning so`zlariga ko`ra, Budapesht memorandumi endi ishlamay qolgani sababli, Ukraina yangi xavfsizlik kafolatlariga muhtoj.
"Budapesht ishlamayotgani hech kimga sir emas. Biz aniq tushunamizki, hozirda Ukraina xavfsizlik bo`yicha alyanslarning birortasiga kirmaydi. Biz hamkorlarimiz ko`magida Ukrainani o`zimiz himoya qilamiz. Ammo aynan ukrainaliklar halok bo`lmoqda. Shuning uchun Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari aniq hozir, kerak.” - dedi Prezident.
"Boshqa hamkorlarning qo`llab-quvvatlashi juda muhim. Va bizda hozir chegarada, vaqtincha bosib olingan hududlarda 150 ming rus qo`shinlari borligini hisobga olsak, men Rossiya aniq xavfsizlik kafolatlarini beradigan davlatlar qatorida bo`lishi kerak, deb hisoblayman. Hech kimga sir emas, Men Rossiya prezidentini muzokaralar stoliga o`tirishni va gapirishni bir necha bor taklif qilganman. Chunki bu shart emas, muloqot masalasi”, — deya qo`shimcha qildi Vladimir Zelenskiy.






