AsosiyDunyo

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z fuqarolarini Ukrainadan evakuasiya qilmoqchi

'O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z fuqarolarini Ukrainadan evakuasiya qilmoqchi'ning rasmi

Ayni damda Ukrainada bo`lib turgan harbiy to`qnashuvlar sabab boshqa davlatlar o`z fuqarolarini mamlakatdan olib chiqish haqida o`ylayapti. 

O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi fuqarolarimizni uchinchi davlatdan olib chiqib ketilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.  

"Hurmatli fuqarolar, evakuasiya kilinish 3-davlatdan bo`lishi kutilmoqda. Optimal yuli ishlab chiqilmoqda", deyiladi, o`zbekistonliklarga jo`natilgan xabarda.

Bundan tashqari: 

  • Qozog`iston elchixonasi Ukrainadagi vatandoshlarini evakuasiya qilishni boshladi.
  • Xitoyning Ukrainadagi elchixonasi o`z fuqarolariga avtomobillarning ko`zga ko`ringan qismlariga XXR bayrog`i tasvirini yopishtirishni tavsiya qildi.
  • Tojikiston tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ukrainadagi fuqarolariga xotirjamlikni saqlash va iloji bo`lsa, uyda qolishga chaqirmoqda.

    Boshqa yangiliklar