AsosiyJamiyat

“Uzbekistan Airways” Kievga parvozlarni bekor qildi

'“Uzbekistan Airways” Kievga parvozlarni bekor qildi'ning rasmi

Ukraina havo hududi yo`lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent-Kiev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022 yilning 27 fevral va 2 mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bekor bo`lgan parvozlar yo`lovchilari aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

““Uzbekistan Airways” ” AJ yo`lovchilarni jadvaldagi har qanday o`zgarishlar haqida qo`shimcha ravishda xabardor qiladi.

    Boshqa yangiliklar