1

Dunyo bo`yicha Umraga boruvchilarning eng ko`pini o`zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etmoqda

Jamiyat 24.02.2022, 13:54
Dunyo bo`yicha Umraga boruvchilarning eng ko`pini o`zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etmoqda

O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga uchgan bo`lsa, hozirda har kuni Jidda va Madina shaharlariga ikki marta aviaparvoz muntazam amalga oshirilmoqda. 

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidiga tashriflari chog`ida bu haqda to`xtalib, shunday dedilar:

“Hozirgi kunda dunyo bo`yicha Umra ziyoratiga boruvchilarning eng ko`pini o`zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etmoqda. Hatto Malayziyadan kelganlardan ham ko`p ekan. Shu kecha kunduzda umrachilarning soni 10 mingga etdi. Bundan keyin ham ziyoratchilar soni ortib boraveradi, yana qancha boradiganlar bo`lsa, shuncha o`rin beriladi. Yurtboshimiz inson qadrini ulug`lash haqida ko`p bor ta`kidlab, “qaerda bo`lsa, inson qadrlansin” deyaptilar. Biz ham shunga amal qilgan holda, muborak ziyoratga otlangan yurtdoshlarimiz uchun Makka va Madina shaharlarida barcha shart-sharoitlar yaratishga harakat qildik. Birinchi navbatda, ziyoratchilarimiz uchun eng yuqorida darajadagi Masjidul Haramga yaqin bo`lgan mehmonxonalar tanlandi. Bunday qulaylik ularga emin-erkin ibodatu ziyorat qilish imkonini bermoqda. Buning uchun Yaratganga shukronalar aytmog`imiz, sharoitlarni qilib berayotgan hukumatimizdan minnatdor bo`lmog`imiz lozim”.

Ta`kidlanishicha, hozirga qadar 10 mingdan ortiq o`zbekistonliklar muborak ziyoratni ado etgan. Umra tadbirlarini 10 nafar ishchi guruh boshqarayotgan bo`lsa, 200 nafar tajribali ellikboshi va 45 nafar shifokor jalb etilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1