1

Ertaga O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 24.02.2022, 14:44
Ertaga O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

"O`zgidromet" markaz ertaga 25  fevral kuni O`zbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Sel kelish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1