1

Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o`quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab yo`q — TIV

Jamiyat 24.02.2022, 17:37
Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o`quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab yo`q — TIV

Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan O`zbekiston fuqarolariga xabar yo`lladi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o`quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo`qligini ma`lum qilamiz.

O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federasiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo`lib turibdi.

Fuqarolarimiz uchun biror-bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko`riladi.

Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:

  • O`zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
  • Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82», — deyiladi murojaatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1