AsosiyDunyo

Rossiya armiyasining maxsus kuchlari oldiga qo`yilgan asosiy vazifa davlat amaldorlarini, shu jumladan prezidentni yuq qilishdir — Ukraina Prezidenti malahatchisi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

'Rossiya armiyasining maxsus kuchlari oldiga qo`yilgan asosiy vazifa davlat amaldorlarini, shu jumladan prezidentni yuq qilishdir — Ukraina Prezidenti malahatchisi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

 Ukraina Prezidenti devoni malahatchisi Mixail Podlyak vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko`ra:  

Bugun, 24 fevral kuni, soat  03:40 da (Toshkent vaqti bilan 6:40) Ukrainaning harbiy bazalarga zarba boshlandi. Kiev, Xarkov infratuzilmalarga xujum bo`ldi. Ukrainaning bir qator viloyat va shaharlariga uyushtirilgan zarbalar ular xohlagandek aniq bo`lmadi. Ertalab soat 05:30 da Kievda quruqlikdagi operasiya boshlandi — birinchi zarba Sumi va Xarkov viloyatlari chegarasida berildi. Ayniqsa, janubiy yo`nalishda — Xerson,  Nikolaev va Odessa viloyatlarida shiddatli janglar davom etmoqda. U erda nafaqat haribiy infratuzilma, ko`priklar, temir yo`llar, balki fuqarolik ob`ektlari ham vayron bo`lmoqda.    

Mahalliy desantlar mavjud. Hatto Kiev viloyatiga ham qo`shinlarni tushirishga urinishmoqda. Gostomel harbiy aeroporti hududida shiddatli janglar davom etmoqda.

 Rossiya armiyasining maxsus kuchlari oldiga qo`yilgan asosiy vazifa davlat amaldorlarini, shu jumladan prezidentni yuq qilishdir.  

Vaqti-vaqti bilan artilleriya shaharlarga zarba berdi. Bu zarbalardan maqsad nafaqat zarar etkazish, balki tinch aholi orasida vahima uyg`otishdir. Ayni vaqtda Rossiya hech qanday muzokara pozisiyasini bildirmagan.  

 Kechqurun biz katta shaharlarga xujumni kutmoqdamiz.  

Biz Belarusning Rossiya harakatlarini qo`llab-quvvatlashda ishtirok etayotganini sezdik. Ikkita davlat birgalikda o`z tashabbuslari bilan hech qanday qonuniy asoslarsiz Ukrainaga hujum qildi. Buni biz hozir Evropa va amerikalik hamkasblarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz.

So`nggi kunlarda Donbassda hech qanday salbiy harakatlar, ayniqsa otishma artilleriya kuzatilmadi. Bularning barchasi soxta tashviqotlar.  

Rossiya rasmiylari o`z ommaviy axborot vositalarini soxta ma`lumotlar bilan to`ldirmoqda. Ma`lumot tarqatayotgan manbalardagi xabarlarning 90%i yolg`on. Aytaylik,  Xarkovda hech qanday vahima yo`q, hammasi milliy gvardiya nazoratida.  

Rossiya armiyasi Schaste shahri va Luganskaya qishlog`ini tark etish uchun gumanitar yo`l bermayapti, garchi Kiev doimiy ravishda talab qilsayam. Ayollar va bolalar tinimsiz o`qqa tutilmoqda.  

Evakuasiya yo`llari tayyorlanganiga qaramay, prezident Zelenskiy Ukrainani oxirgi bo`lib tark etadi.

Ukraina G`arbdan o`q-dorilar,  maksimal moliyaviy yordam,  Rossiya Federasiyasini optimal sanksiyalar bosimiga olishlarini kutmoqda. 

    Boshqa yangiliklar