AsosiyDunyo

Agar siz bugun bizga yordam bermasangiz, ertaga urush sizning eshigingizni taqillatadi — Zelenskiy navbatdagi murojaatini yo`lladi

'Agar siz bugun bizga yordam bermasangiz,  ertaga urush sizning eshigingizni taqillatadi — Zelenskiy navbatdagi murojaatini yo`lladi'ning rasmi

 Bugun, 24 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mavjud holat yuzasidan Rossiya fuqarolari va Evroittifoq rahbarlariga murojaat qildi.

-Rossiya fuqarolari: Agar bizni eshityotgan va urushga qarshi bo`lsangiz, o`z shahringiz maydoniga chiqing!

-Evropa rahbarlari: Agar siz bugun bizga yordam bermasangiz,  ertaga urush sizning eshigingizni taqillatadi!

U ukrainaliklarni vahimaga berilmaslikka chaqirdi. Zelenskiy o`z murojaatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini bildirdi:

 «Men Rossiya Federasiyasi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilish tashabbusi bilan chiqdim. Natija: jimlik», - dedi Zelenskiy.

 Zelenskiy Rossiya har kuni «Evropada yirik urush» boshlashi mumkinligi haqida qat`iy ogohlantirdi va ruslarni bunga qarshi turishga undadi.  

Uning aytishicha, Rossiya Ukraina chegaralarida deyarli 200 ming askar va minglab jangovar texnikalarni joylashtirib ulgurgan.   

Ukraina hududida havo yo`llari cheklangan.  Bugun, 24 fevral kuni ertalab Ukraina hukumati «potensial xavf» tufayli o`z havo hududida fuqarolik parvozlarini cheklaganini aytdi. Ma`lum qilinishicha, samolyotlar beixtiyor urib tushirilishi yoki kiberhujumlarga duchor bo`lish xavfi bor.

Bu bildirishnoma fuqarolik parvozlarini to`g`ridan-to`g`ri taqiqlashmi yoki yo`q, hozircha aniq emas.

OAV ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya fuqarolik aviasiyasini ham Ukrainaning Rossiya bilan chegaradosh bo`lgan sharqiy havo hududini yopayotgani haqida ogohlantirgan.  

Joriy holatdan himoyalanish maqsadida Ukraina mamlakat bo`ylab qat`iy 30 kunlik favqulodda holat e`lon qildi va Rossiyada yashovchi millionlab fuqarolarini o`z uylariga qaytishga chaqirdi. 30 kunlik favqulodda holat xavfsizlik choralarini kuchaytirish, jumladan, komendantlik soati joriy etishdan iborat.

Bir qancha g`arb davlatlari Rossiya 2014-15 yillarda Ukraina sharqi bo`yicha tuzilgan tinchlik bitimini buzgani va Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini mustaqil davlatlar sifatida tan olganidan so`ng Rossiyaga qarshi qator sanksiyalar e`lon qilgan. Moskvaning qo`shinlar «tinchlikparvarlik» amaliyotlariga yuborilishi haqidagi da`volari BMT Bosh kotibi tomonidan rad etilgan va G`arb tomonidan safsata, deb baholangan.

Rossiya so`nggi sakkiz yildan beri Ukraina sharqidagi qonli qurolli isyonni qo`llab-quvvatlab keladi. O`shandan beri janglarda 14 000 ga yaqin odam, jumladan ko`plab tinch aholi vakillari halok bo`ldi.

AQSh Moskvaning harakatlarini bosqinning boshlanishi sifatida baholadi. Kecha, 23 fevral kuni AQSh mudofaa vazirligi vakili rus qo`shinlari tomonidan har qanday vaqtda keng ko`lamli bosqin bo`lishi mumkinligini va Rossiyaning hujumkor harakatlari anchadan beri kuchayib borayotganini aytdi.

    Boshqa yangiliklar