AsosiyDunyo

Ular bizga shunday tutishimizdan boshqa chorani qoldirishmadi — Putin

'Ular bizga shunday tutishimizdan boshqa chorani qoldirishmadi — Putin'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qilingan hujumdan keyin ilk bayonot berdi. 

"Ular bizga shunday yo`l tutishimizdan boshqa chorani qoldirishmadi", - dedi Putin. 

Shuningdek, u xavfsizlik borasida ham quyidagilarni ma`lum qildi. 

"Xavfsizlik sohasidagi xavf-xatarlar shunday yuzaga keldiki, bunga boshqa vositalar bilan javob berishning iloji qolmadi. Agar biz buni amalga oshirmaganimizda mamlakatimiz qanday omon qolardi, buni tasavvur qila olmayman", - deya Putin so`zlaridan keltirmoqda "Interfaks". 

Payshanba kuni Rossiya harbiylari Ukraina tomon hujum qildi. Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, kun davomida Rossiya harbiylari Ukraina harbiy infratuzilmasining 74ta ob`ektini, jumladan, 11ta aerodom va harbiy-dengiz bazasini yo`q qilgan. 

    Boshqa yangiliklar