Rossiyaning bir qator shaharlarida Ukrainaga bostirib kirishga qarshi namoyishlar bo`lib o`tkazilmoqda. Bu haqda BBC xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, namoyishlar Moskva va Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan hamda ko`plab kishilar hibsga olingan. Rasmiylarning aytishicha, ruslar bu holatga norozilik bildirmasligi kerak.
Kun davomida Rossiyaning turli shaharlarida, jumladan, Irkutsk, Omsk, Astraxan va Vladivostokda individual piketlar o`tkazildi. Kechga yaqin namoyishchilar soni keskin oshgan.
Ma`lum qilinishicha, kun davomida Rossiyaning 40ta shahrida bo`lgan namoyishlar vaqtida 600ga yaqin ruxsat etilmagan mitingda ishtirok etgan namoyishchilar qo`lga olingan.
Xususan, Ekaterinburgdagi urushga qarshi mitingda 60 ga yaqin odam hibsga olingan.
U erda bir necha o`nlab odamlar shahar ma`muriyati oldida o`z-o`zidan paydo bo`lgan mitingga to`planishib, “Urushga yo`q!”, “Dunyoga tinchlik”, “Putin, qo`shinlarni olib chiqib keting” kabi shiorlarni aytishgan. Aksiya ishtirokchilarining ayrimlari o`zlari bilan plakat olib kelishdi. Bir muncha vaqt ularga tegilmadi, biroq keyin OAV namoyishchilarni tarqatib, hibsga olishga kirishilgan.






