Samarqand shahrida yashovchi bir guruh sportchilar haydovchilardan tovlamachilik yo`li bilan pul undirib kelgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, “Samarqand-Navoiy” yo`nalishdagi avtoshox bekatni zo`ravonlik va o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib, haydovichlardan ushbu yo`nalishga kirish uchun 500 AQSh dollari, kunlik qatnovchi haydovchilardan esa 50.000 so`mdan pullarni tovlamachilik yo`li bilan olib kelishgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilib, ushbu faoliyat bilan shug`illanib kelayotgan 7 nafar shaxslar qo`lga olinib, ularning jinoiy faoliyatiga chek qo`yildi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahar “Gala Osiyo” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug`ilgan Sh.D. ushbu jinoiy guruhga etakchilik qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Sh.D. va boshqa shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






