AsosiyDunyo

Rossiyani ushbu adolatsiz va noqonuniy xatti-harakatlarni tezroq to`xtatishga chaqiramiz — Turkiya

'Rossiyani ushbu adolatsiz va noqonuniy xatti-harakatlarni tezroq to`xtatishga chaqiramiz — Turkiya'ning rasmi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ayni damda Ukraina yuz berayotgan vaziyat, mamlakatga qarshi boshlagan harbiy operasiya bo`yicha munosabat bildirdi.

Turkiya Rossiyani ushbu adolatsiz va noqonuniy xatti-harakatlarni tezroq to`xtatishini so`ramoqda.

"Biz Rossiya Federasiyasi Qurolli kuchlari tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan harbiy operasiyani nomaqbul deb hisoblaymiz va rad etamiz. Bu hujum Minsk kelishuvlarini buzish bilan bir qatorda xalqaro huquqning qo`pol buzilishi hisoblanadi hamda mintaqamiz va butun dunyo xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Mamlakatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish zarur deb hisoblaydigan Turkiya chegaralarni qurol yordamida o`zgartirishga qarshi. Biz Rossiya Federasiyasini ushbu adolatsiz va noqonuniy xatti-harakatlarni imkon qadar tezroq to`xtatishga chaqiramiz",-deydi vazirlik.

Qayd etilishicha, Turkiya tomonidan Ukrainaning siyosiy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlash kelgusida ham davom etadi.

    Boshqa yangiliklar