AsosiyJamiyat

Lisenziyalash va ruxsat berish jarayoni tubdan soddalashtirildi va elektronlashtirildi, endi byurokratiyaga o`rin yo`q

'Lisenziyalash va ruxsat berish jarayoni tubdan soddalashtirildi va elektronlashtirildi, endi byurokratiyaga o`rin yo`q'ning rasmi

Bugungi kunga qadar lisenziya va ruxsatnoma berish bo`yicha tartib-taomillar 200ga yaqin turli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan. Ushbu nizomlardan foydalanish, ularni qidirib topish tadbirkorlarga noqulaylik olib kelayotgan edi.

Aholi va tadbirkorlarning foydalanishi qulay bo`lishi uchun ushbu hujjatlar unifikasiyalashtirilib, yagona nizom shakliga tasdiqlandi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to`g`risida yagona nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom bilan 28 ta lisenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlari tasdiqlandi.

Shuningdek, shu kuni Vazirlar Mahkamasining 86-son qarori bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillari to`g`risida yagona nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom bilan 27ta lisenziyalanadiganfaoliyat turlarining pasportlari tasdiqlandi.

Yagona nizomda tartib-taomillar bo`yicha umumiy qoidalar belgilandi va har bir faoliyatga xos xususiyatlar nizomga ilova qilingan pasportlarda aniq belgilab qo`yildi. Xususan, pasportlarda taqdim qilinadigan hujjatlar, arizani ko`rib chiqish muddatlari, to`lanadigan yig`im va boj miqdori, talab va shartlar, amal qilish muddatlari va shu kabi ma`lumotlar aks ettirildi.

Endilikda barcha arizalar elektron tarzda “Lisenziya” axborot tizimi(license.gov.uz)orqali dam olish va bayram kunlaridan qat`i nazar, har kuni24 soat davomida qabul qilinadi. Bu bilan fuqarolarning davlat organlariga “borish” va “kutish” kabi ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo`yildi.

Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning lisenziyalovchi organga tushgan va lisenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.

Lisenziya yoki ruxsatnomani olish uchun ariza vakolatli organga “Lisenziya” AT yoki YaIDXP orqali taqdim etiladi.

Lisenziya yoki ruxsatnoma olishda talabgorning boshqa kelishiladigan organlardan xulosasini olib, arizaga ilova qilish amaliyoti bekor qilindi. “Bir darcha tamoyili asosida lisenziyalovchi organning “Lisenziya” AT orqali tegishli xulosalarni boshqa organlardan o`zi oladi, xulosa o`z vaqtida taqdim etilmasa, ijobiy xulosa olingan deb hisoblanadi. Bunda kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgarlik xulosani kechiktirgan organga zimmasida bo`ladi.

Lisenziya va ruxsatnoma olish uchun ariza berish, ko`rib chiqish, qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to`xtatib turish, ularni o`zgartirish, bekor qilish va tugatishning yagona mexanizmi (tartibi) belgilandi.

Lisenziyalovchi yoki ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini to`xtatib turish lisenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Bunda lisenziyalovchi yoki ruxsat beruvchi organ tomonidan amal qilishi o`n kundan ko`p bo`lmagan muddatga, sud tomonidan esa o`n kundan ortiq, lekin olti oydan ko`p bo`lmagan muddatga to`xtatib turilishi mumkin.

Lisenziyalovchi yoki ruxsat beruvchi organlarning xatti-harakatlariga nisbatan shikoyat qilish va uni ko`rib chiqishning yangi tartibi belgilandi.

Lisenziyalash yoki ruxsat berish jarayonida byurokratiyaga yo`l qo`ymaslik hamda ortiqcha hujjatlar talab qilinishini oldini olish maqsadida pasportlardabelgilangan talab va shartlardan tashqari hujjatlarni talab qilish taqiqlandi,shuningdek, masofadan turib xavfni tahlil qilish orqali nazorat qilish tizimi yo`lga qo`yildi.

Maxsus elektron tizim orqali lisenziya va ruxsatnoma berganlik uchun yig`im va davlat boji to`lovlari amalga oshirilganligi onlayn tekshiriladi (bu jarayonda fuqarolardan tegishli to`lovlarni to`laganligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi) hamda QR-kod qo`yilgan lisenziya va ruxsatnoma blankasi avtomatik ravishda shakllantirilib, talabgorning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

Lisenziya va ruxsatnoma berishni rad etishning aniq asos belgilandi. Endilikda ushbu nizimlarda belgilanmagan asoslar bo`yicha lisenziya yoki ruxsatnomani berish maqsadga muvofiq emas degan vaj rad etishga yo`l qo`yilmaydi. Agarda ushbu nizomlarda belgilanmagan asoslar bo`yicha rad etilgandan vakolatli organning ma`muriy javobgarligiga olib keladi.

Ushbu hujjatning yana bir muhim tomoni talabgorning lisenziya va ruxsatnoma berish haqidagi arizasini birinchi marta ko`rib chiqish jarayonida lisenziya berilishi uchun zarur bo`lgan hujjatlar talabgor tomonidan to`liq bo`lmagan hajmda taqdim etilganda ushbu arizani ko`rib chiqish rad qilinmasdan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga muddat berilishi belgilandi.

Mazkur 2 ta qaror bilan Hukumatning 120 dan ortiq qarorlari o`z kuchini yo`qotgan deb topildi va 10 ga yaqin hujjatlarga o`zgartirishlar kiritildi.

Ushbu qarorlar 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi. Amaldagi lisenziyaga va ruxsatnomaga ega bo`lgan shaxslar 3 oylik muddatda o`zlarining faoliyatlarini lisenziya talab va shartlariga muvofiqlashtirishi lozim.

Lisenziyalovchi yoki ruxsat beruvchi organ qaroridan norozi bo`lsa faqat sudga murojaat qilish emas, nizoni sudgacha ko`rib chiqish tartibi belgilandi. Endilikda lisenziya berish yoki lisenziya berishni rad etish to`g`risidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarda mavjud xodimlar orasidan 5 kishidan iborat shikoyatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Apellyasiya kengashi tashkil etiladi.

Apellyasiya kengashinizolarni tezkor ko`rib chiqib, qonuniy hal qilish imkoniyatini beradi. Lekin fuqarolar xohlasa apellyasiya kengashigamurojaat qilmasdan to`g`ridan to`g`ri sudga ham murojaat qilishlari mumkin.

Lisenziya yoki ruxsat beruvchi hujjat asosida faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan lisenziya yoki ruxsat beruvchi hujjatlar talab va shartlariga rioya etilishi ushbu organlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

Nazorat qilish masofaviy shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish hamda statistik axborotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

Ochiqlik hamda jamotchilik nazoratini ta`minlash maqsadida har bir faoliyat turi bo`yicha lisenziya va ruxsatnomalarning reestri yuritiladi va undagi ma`lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.

Hujjat bilan tanishish uchun: https://lex.uz/uz/pdfs/5871129.

"darakchi.uz" tahririyati

    Boshqa yangiliklar