AsosiyJamiyat

Buxorodagi 4-son tergov hibsxonasi mahbuslari Ombusdmandan yordam so`radi

'Buxorodagi 4-son tergov hibsxonasi mahbuslari Ombusdmandan yordam so`radi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili mahbuslarning murojaatlarini o`rganish maqsadida hududdagi 4-son tergov hibsxonasiga tashrif amalga oshirdi. Bu haqda "Darakchi"ga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning) Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Dastlab murojaat mualliflari bilan holi tarzda suhbatlashildi. Ulardan biri Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan ayblanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinib, 4-son tergov hibsxonasida 2022 yil yanvar oyining 21 kunidan buyon saqlanayotganini ma`lum qildi. Uning qayd etishicha, yurak kasalligidan uzoq yillardan buyon davolanib kelgan. Qamoqqa olingandan keyin sog`ligi yomonlashib, RShTYoIM Buxoro filialining kardio reanimasiya (jonlantirish) bo`limida davolangan. So`ngra yana hibsxonasiga yuborilgan va hibsxonaning tibbiy bo`limida davolanmoqda. Murojaatchi hibsxona tibbiy bo`limida unga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam berish imkoniyati to`liq bo`lmaganligi sababli, ahvoli yaxshilanmayotganligini va shifokorlar ham uning sog`ligidan xavotirda ekanligini bildirdi. Mahbus mintaqaviy vakildan unga nisbatan qo`llanilgan ehtiyot chorasini engilrog`iga almashtirishda va malakali tibbiy yordam olib, ixtisoslashtirilgan kasalxonada davolanishida amaliy yordam so`radi.

Mintaqaviy vakil Abira Huseynova murojaatchiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlashni so`rab murojaat qildi. Ekspertiza natijasiga ko`ra, murojaatchining vajlari ko`rib chiqiladi.

Shuningdek, qabul davomida maxbuslardan apellyasiya sudi majlislarida mintaqaviy vakilning kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi, sudlarda advokat ishtirokini ta`minlashda amaliy yordam ko`rsatilishi va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi va ular mintaqaviy vakil nazoratiga olindi.

    Boshqa yangiliklar