AsosiyDunyo

"Hech bir davlat Ukrainaga o`z harbiylarini yuborishga tayyor emas". Zelenskiy yolg`iz qolgan Ukraina haqida gapirdi

'"Hech bir davlat Ukrainaga o`z harbiylarini yuborishga tayyor emas". Zelenskiy yolg`iz qolgan Ukraina haqida gapirdi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G`arbning va`dalariga qaramay, mamlakat o`z davlatini himoya qilishda yolg`iz qolganini aytdi. Ukraina rahbarining videomurojaati uning Telegram`dagi kanalida e`lon qilindi.

Unga ko`ra, G`arb faqat Ukrainani qo`llab-quvvatlash haqida gapirmoqda. Zelenskiy shuningdek, dunyo etakchilarining hech biri uning NATOga qabul qilinishini kafolatlashga va Ukrainaga o`z harbiylarini yuborishga tayyor emasligini ma`lum qildi.

“Biz davlatimiz himoyasida yolg`iz qolamiz. Kim biz bilan jang qilishga tayyor? Rostini aytsam: men bundan ko`rmayapman. Hamma qo`rqadi”, - dedi va u Ukrainaga hamda yordam berayotgan har bir davlatga minnatdorchilik bildirdi.

 

    Boshqa yangiliklar