AsosiyJamiyat

"Qish fasliga xos bo`lmagan harorat...". O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'"Qish fasliga xos bo`lmagan harorat...". O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududi bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat kunning birinchi yarmida Surxondaryo viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyati, Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, respublikaning tog` oldi hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.

Qish faslining oxirigi kunlarida Eron hududlaridan havo kirib kelishi kuchayishi hisobiga O`zbekistonda qish fasliga xos bo`lmagan juda iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha ko`tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me`yorlaridan 8-10° ga yuqoridir.

Respublika hududining kattta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat shimoliy hududlarga 27 fevral kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Yakshanba kuni Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi.

28 fevralda respublikaning barcha hududlarini nam havo massasi qamrab oladi, respublikaning ko`pchilik hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kungi harorat biroz pasayadi, ammo qish faslining oxiri uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan yuqori bo`ladi.

25-28 fevral kunlari respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

    Boshqa yangiliklar