Avvalroq, Buyuk Britaniyaning 95 yoshli qirolichasi Elizaveta II koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.
Uning ahvoli qirollik aholisining xavotiriga sabab bo`lmoqda. Chunki qirolicha ikkita onlayn uchrashuvni bekor qildirdi, deya yozmoqda "Zamon"nashri.
Avvalroq Bukingem saroyi qirolicha engil vazifalarini bajarayotganini e`lon qilgan.
Elizaveta II ning a`yonlari unda faqatgina kasallikning engil alomatlari kuzatilatyoganini aytmoqda. Ammo ekspertlarning fikricha, rejalashtirilgan uchrashuvlarning bekor qilinishi qirolichaning ahvoli og`irligini bildirishi mumkin.
Qirolicha so`nggi marta chorshanba kuni telefon orqali Boris Jonson bilan uzoq suhbatlashgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval, Hollywood Unlocked nashri Elizaveta IIning vafot etgani haqidagi materialni chop etgan edi. Ammo keyinroq The Guardian bu ma`lumot noto`g`riligini e`lon qildi.






