AsosiyDunyo

"Turkiya Bosfor bug`ozini yopgani bilan Rossiya floti undan o`tish huquqiga ega" – Turkiya tashqi ishlar vaziri

'"Turkiya Bosfor bug`ozini yopgani bilan Rossiya floti undan o`tish huquqiga ega" – Turkiya tashqi ishlar vaziri'ning rasmi

Turkiya Bosfor va Dardanel bug`ozini harbiy kemalar uchun yopishi mumkin, lekin ushbu vaziyatda ham RF flotini bazalariga qaytarishda ushbu hududdan o`tishga haqli. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho`g`li ma`lum qildi. 

"Ukraina bizga rasman so`rov jo`natdi (Rossiya harbiy kemalari uchun bug`ozni yopish bo`yicha). Montryo Konvensiya bandlarida aniq-tiniq qilib yozib qo`yilgan. Shu kungacha Turkiya Montryo Konvensiyasiga ikkilanmay amal qilib kelmoqda. Turkiya urushda ishtirok etmayotgan, lekin unda qatnashayotgan tomonlarga nisbatan chora ko`rishi va Turkiya harbiy kemalarning o`tishini cheklashi mumkin. Biroq Montryo Konvensiyasi urushda ishtirok etgan tomonlarning harbiy kemalari o`z bazalariga qaytishi mumkinligini ham nazarda tutadi va shunday ekan, ularga ruxsat berilishi kerak", – deya keltiradi vazirning gaplarini Hürriyet gazetasi.

Ma`lumot uchun, kecha 24 fevral kuni Ukraina prezidenti Turkiyadan Rossiya kemalari uchun bosfor bo`g`ozini yopishni so`ragan edi. 

    Boshqa yangiliklar