Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev Respublika zaxirasida 18 mln. 300 ming doza vaksina borligini aytib o`tdi.
– Koronavirus boshlangandan beri kasallikka qarshi emlash tadbirlari uchun olib kelingan va mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan etti turdagi vaksinalar jami 53 mln. 700 ming dozaga etdi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev. – Shundan 45 mln. 300 ming doza qo`llanildi. Mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln. doza Pfizer, 7 million 500 ming doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Respublikada emlanganlar soni 21 million 500 ming nafarga etgan. Shundan birinchi dozani 19 million 600 ming kishi, ikkinchi dozani esa (to`liq emlanganlar) 15 mln. 400 ming nafar shaxs olgan bo`lsa, buster doza olganlar 10 mln. 300 ming nafarni tashkil etmoqda.






