AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 280 ta avtobus bekati auksion savdosiga qo`yilishi rejalashtirildi

'Toshkentdagi 280 ta avtobus bekati auksion savdosiga qo`yilishi rejalashtirildi'ning rasmi

Me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Toshkent shahar hokimining «Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to`g`risida»gi qarori muhokamaga qo`yildi.

Hokimlik axborot xizmati ma`lum qilishicha, shahar aholisi va unga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida bekatlarni namunaviy loyiha asosida tashkil etish taklif etilmoqda.

Ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida Toshkent shahridagi 280 ta avtobus bekati 2022 yil yakuniga qadar elektron onlayn auksion savdolariga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

2022 yil 1 sentyabrga qadar savdo va maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlari mavjud bo`lgan amaldagi avtobus bekatlarida yo`lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish choralari ko`rilishi ham belgilangan.

Qaror loyihasi bilan tanishish va uning muhokamasida 11 martgacha ishtirok etish uchun havola.

    Boshqa yangiliklar