AsosiyDunyo

EI Putin va Lavrovning aktivlarini muzlatishga tayyorgarlik ko`rmoqda — The Financial Times

'EI Putin va Lavrovning aktivlarini muzlatishga tayyorgarlik ko`rmoqda — The Financial Times'ning rasmi

Evropa Ittifoqi Vladimir Putin va Rossiyaning tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aktivlarini bugun, 25 fevral kuni joriy etilayotgan sanksiyalar paketi doirasida muzlatib qo`yishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

EI mamlakatlarining Tashqi ishlar vazirlari bugun tushdan keyin sanksiyalar paketini, shuningdek, Rossiya banklari va sanoatiga qarshi bir qator choralarni tasdiqlashni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 24 fevral kuni kechki payt etakchilar bu masalani muhokama qilishgan va ularning ko`pchiligi bu g`oyani qo`llab-quvvatlagan.

    Boshqa yangiliklar