Xonanda Lola 1 iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga jajji muxlislari uchun munosib tuhfa hozirladi. Kasting orqali saralab olingan ko`plab iste`dodli bolakaylar suratga tushgan “Erkatoy” klipining taqdimot marosimi kecha, 1 iyun kuni poytaxtdagi yirik savdo markazlaridan birida bo`lib o`tdi. Klipda xonandaning farzandlari Shahina va Shohdiyorni ham ko`rish mumkin.
Klipni tomosha qilar ekansiz, beixtiyor bolalik davriga qaytgandek va bir zum bo`lsa ham o`yinchoqlar dunyosiga tushib qolgandek bo`lasiz.





