AsosiyJamiyat

Jangovar harakatlar sodir bo`layotgan joylarga bormang, erto`lalardagilarga issiq ovqat tashkil etish tunu kun ishlamoqda - TIV Ukrainadagi o`zbekistonliklarga

'Jangovar harakatlar sodir bo`layotgan joylarga bormang, erto`lalardagilarga issiq ovqat tashkil etish tunu kun ishlamoqda - TIV Ukrainadagi o`zbekistonliklarga'ning rasmi

Ukrainada bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini yana bir bor O`zbekiston Respublikasi Elchixonasi tavsiyalariga amal qilishga, diplomatlarning ijtimoiy tarmoqlar va elchixona veb-saytida berib borayotgan ma`lumotlarini diqqat bilan kuzatishga chaqiramiz, deya xabar bermoqda TIV.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, iloji bo`lsa, jangovar harakatlar sodir bo`lishi mumkin bo`lgan joylarda ko`chaga chiqmaslik va vahimaga tushmaslik qat`iy tavsiya qilinmoqda.

Diplomatik muassasa O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini evakuasiya qilish, erto`lalarga evakuasiya qilinganlar uchun issiq ovqat tashkil etish masalalarida tunu kun ishlamoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar