AsosiyJamiyat

Toshkentda "Spark" metroga tushib ketdi

'Toshkentda "Spark" metroga tushib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosiga "Spark" avtomashinasi tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshken t metropolitenining xabar berishicha voqea kecha, 26 fevral soat 23:20 lar atrofida sodir bo`lgan. Toshkent metropolitenining "Shahriston" metro bekatidagi chorrahaga yaqin qismida "Spark" avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida, metroning kirish qismiga tushib ketgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga tibbiyot xodimlari etib kelgan va jabrlanuvchilar tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.

Holat yuzasidan batafsil ma`lumotlar dastlabki surushtiruv ishlari yakuniga etgach ma`lum qilinishi aytilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar